Flik: La Ligada 3, 4 yoki 5 ta eng yaxshi jamoadan birimiz

  • 10 fevral, 11:09
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Xans-Diter Flik "Sevilya" ustidan qozonilgan g‘alabadan so‘ng o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi. 

"Jamoamning o‘yinga to‘xtaladigan bo‘lsam, birinchi bo‘limda yaxshi o‘ynadik. Ikkinchi bo‘limda esa kurashdik. Raqib qanotlarida tezkor futbolchilar bor edi. Biz ularni yaxshi qo‘riqlay oldik, sabr qildik. 

Arauxo tekshiruvdan o‘tishini kutamiz. Umid qilamizki, u jiddiy jarohat olmagan. Har holda, menga shunday ko‘rindi. 

Fermin muhim golni urdi, keyin esa maydondan chetlatildi. Ushbu epizod keskinlik sabab vujudga keldi. Bunaqasi bo‘lib turadi. Bu kelajak uchun yaxshi saboq 

La Ligada uch, to‘rt yoki beshta juda yaxshi jamoa bor va biz ulardan birimiz"
, - dedi "Barselona" bosh murabbiyi. 

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!