
Flik: "Uni jamoada qolishini istayman"
Kataloniyaning "Barselona" klubi murabbiyi Xans-Diter Flik himoyachi Erik Garsiyaning jamoadagi kelajagi haqida gapirdi.
- Garsiya jamoada qolishini istardim. U bizga ishonch bag‘ishlaydi. Erik bir nechta pozitsiyada o‘ynay oladi. Oxirgi o‘yinda hamma uning yaxshi o‘yinchi ekaniga ishonch hosil qildi, - dedi nemis mutaxassis.
Joriy mavsumda Garsiya 18 ta bahsda maydonga tushib, ikkita gol va golli uzatmani amalga oshirdi.
Ma’lumot uchun, himoyachining "Barselona" bilan shartnomasi 2026 yilning yarmiga qadar mo‘ljallangan.
Fikrlar