
“Formula-1”. Barselonadagi poygada nimalar bo‘ldi?
Qirollik poygalarining mavsumdagi 10-Grand-Prisi o‘z nihoyasiga etdi. Unda “Red Bull” poygachisi Maks Verstappen birinchilikni qo‘lga kiritdi. Lando Norris (“Maklaren”) eng tezkor aylana vaqti qayt etib, ikkinchi joyni band etdi. Jorj Rassell (“Mersedes”) poyga davomida uchinchi joyni egallab kelayotgan edi. Biroq, 63-raqamli pilot sherigi Lyuis Hemiltonni oldinga o‘tkazib, unga 3-o‘rinni topshirib, to‘rtinchi joyni Sharl Lekler (“Ferrari”)dan himoya qildi.
Oltinchi Sayns (“Ferrari”), ettinchi Oskar Piastri (“Maklaren”), sakkizinchi Serxio Peres (“Red Bull”), to‘qqizinchi va o‘ninchi bo‘lib, “Alpin”ning 2 ta poygachisi Pier Gasli va Esteban Okon marra chizig‘I bosib o‘tishdi.
Kun poygachisi nominatsiyasi Lando Norrisga topshirildi.
Fikrlar