"Formula 1"dagi yangi yulduz!

  • 19.05.2026 15:22
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Dunyo bo‘ylab ko‘plab muhlislarga ega va “Motosport” olamidagi eng nufuzli musobaqada 19 yoshli italiyan poygachisi joriy yilda porlamoqda.

“Formula 1” joriy mavsum yetakchisi va “Mersedes-Benz” jamoasi a’zosi Andrea Kimi Antonelli 2024 yilda “Formula 2” poygalarida ko‘rinish bergan edi. Asosiy podiumda esa Antonelli 2025 yilning mart oyida debut qilgan va ushbu mavsumning ozida o‘rta pўgonalardan joy olgan va hatto 2025 yil noyabr oyida bo‘lib o‘tgan “Braziliya Grand Prix” poygasida 2-o‘rinni band etgan. Poygachi o‘zining birinchi mavsumidayoq bir nechta poygalarda Karlos Saynz, Niko Hulkenberg va hatto 2 karra “Jahon chempioni” ispaniyalik tajribali haydovchi Fernando Alonso’ni ortda qoldirgan.

Andrea ushbu mavsumlar chempionlari bilan raqobatga kirishgan. U allaqachon Xitoyda, Yaponiya, va Mayami bo‘lib o‘tgan poygalarda 1-o‘rin va Avstraliya podiumida 2-o‘rinni egallagan holda umumiy reytingda 100 ochko bilan musobaqaga peshqadamlik qilmoqda. U Mayami Grand Prix tarixidagi eng yosh “polesitter” maqomini qo‘lga kiritdi. Ushbu maqom avval Antonellining jamoadoshi Jorj Russel tomonidan o‘rnatilgan edi. Kimi ushbu rekordni kamiga 2 yildan ko‘proq farq bilan yangiladi. Italyan poygachi 2026 yil jahon chempionligi uchun asosiy da’vogarlardan hisoblanadi.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!