TIGGO 2 PRO

Qashqadaryolik "killer"lar...

Ligamizda raqib darvozasini "o‘qqa tutish" bo‘yicha eng yaxshi natija "Neftchi" afsonasi Anvar Berdievga tegishli (225). Eng qizig‘i, muboraklik hujumchi faoliyati davomida faqat bir marta — 2012 yilgi mavsumda Oliy Liganing "Oltin butsa"sini qo‘lga kiritgan edi.

Anvar_1

Ikki yuzlik dovonni zabt etish shahrisabzlik Zafar Xolmurodovga ham nasib qilgan. Shundan keyin hech kim bu natijani takrorlay olmadi.

Zafar Xolmurodov

Legionerlar...

Chempionatimiz tablolariga nomini eng ko‘p yozdirgan xorijlik futbolchi Dragan Cheran hisoblanadi (116 marta). Keyingi o‘rinlarga Artur Gevorkyan (106) hamda Akmal Xolmatov (84) joylashgan.

Xolmatov

Yuzlik dovon...

Mahsuldorlik bo‘yicha 3 xonali raqamlarga faqat 25 nafar hujumchigi erishgan (ulardan 2 nafari legioner). 2022 yilgi mavsumda bu natijani Temurxo‘ja Abduxoliqov, Marat Bikmaev va Dragan Cheran ham zabt etdi. Yaqin kelajakda mazkur chiziqni Zafar Polvonov kesib o‘tishi mumkin. Buning uchun tajribali hujumchi Superligaga qaytib, yana 14ta gol urishi kerak. Elitada o‘ynayotganlardan "100"ga eng yaqini Shohruz Norxonov bo‘lib, uning hisobida 64ta gol bor.

Mara

Mahalliy "snayper"...

Faoliyatini davom ettirayotgan yurtdoshlarimizdan ligada eng ko‘p to‘p kiritgani Shahboz Erkinov hisoblanadi. O‘zbekiston chempionatida 16 mavsum o‘tkazib, 109ta gol urgan hujumchi bu yil "Andijon" safida o‘z natijasini yaxshilab olishi mumkin...

Shahboz Erkinov

Qo‘shimcha:
Bir mavsumda gol urish bo‘yicha rekord — Jafar Irismetov (45).
Eng past ko‘rsatkich bilan qo‘lga kiritilgan "Oltin butsa" — 2010 yil, Alisher Xoliqov va Nosir Otaqo‘ziev (13).
"Oltin butsa"ni qatorasiga yutish bo‘yicha rekord — Dragan Cheran (4 marta).

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!