Frantsiya — Iroq o‘yini xavf ostida

  • 22.06.2026 14:16
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

2026 yildgi jahon chempionati guruh bosqichining 2-turidan o‘rin olgan Fransiya va Iroq terma jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv xavf ostida qoldi. 23 iyun kuni Filadelfiya shahridagi «Linkoln Faynenshel Fild» stadionida bo‘lib o‘tishi kerak bo‘lgan o‘yin kuchli yomg‘ir va chaqmoq sabab o‘z vaqtida o‘tkazilmasligi mumkin. Bu haqida nashr L’Équipe xabar berdi.

Sinoptiklar ma’lumotiga ko‘ra, uchrashuv vaqtida havo harorati +33 darajagacha ko‘tarilishi kutilmoqda. Shu bilan birga, qisqa muddatli kuchli yomg‘ir va chaqmoq kuzatilishi ehtimoli yuqori. Amaldagi xavfsizlik qoidalariga binoan, bunday sharoitda o‘yin vaqtincha to‘xtatilishi yoki kechiktirilishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, 2025 yil yozida AQShda o‘tkazilgan klublar o‘rtasidagi jahon chempionatida ham shunga o‘xshash holat qayd etilgan edi. «Chelsi» va «Benfika» jamoalari o‘rtasidagi 1/16 final bahsi chaqmoq sabab taxminan ikki soatga to‘xtatilgan, natijada butun o‘yin umumiy hisobda to‘rt soat 38 daqiqaga cho‘zilgan.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!