
“Front Kick” ustasining navbatdagi raqibi va jang sanasi ma’lum bo‘ldi
UFCning yarim og‘ir vazn toifasining sobiq chempioni, ta’bir joiz bo‘lsa, “Front Kick” qirollaridan biri braziliyalik Lioto Machida o‘zining navbatdagi jangini Fil Devisga qarshi o‘tkazadi.
Mazur to‘qnashuv 11 sentyabr kuni “Bellator 245” turniri doirasida bo‘lib o‘tadi. Bu revansh jangi bo‘lib, ular dastlab, 2013 yil “UFC 163” turnirida o‘zaro jang qilishgandi. O‘shanda ochkolar hisobiga Devis g‘alaba qozongan. 42 yoshli Machida so‘nggi jangini “Bellator 228”da Gegard Musasiga qarshi o‘tkazib, imkoniyatni boy berib qo‘ygandi. Lioto faoliyati mobaynida 26 g‘alaba va 9 mag‘lubiyat qayd etgan.
Filning faoliyatidan esa 22 g‘alaba va 5 mag‘lubiyat o‘rin olgan. Shuningdek, yana bir jangi bekor qilingan.
Fikrlar