Futbolda yangi qoida qabul qilindi

  • 3 iyun, 21:07
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Xalqaro Futbol Assotsiatsiyalari Kengashi (IBAF) o‘z rasmiy saytida penalti zarbasi vaqtida ikki marta to‘pga tegish qoidasi bo‘yicha o‘zgarishlar joriy etilganini e’lon qildi.

Tecno

Yangi qoidaga ko‘ra, agar futbolchi penalti tepish chog‘ida tasodifan to‘pga ikki marta tegib, gol urgan bo‘lsa, zarba takroran amalga oshirilishi kerak bo‘ladi.

Agar futbolchi penalti zarbasini golga aylantira olmasa va ikki marta tegish natijasida himoyalanayotgan jamoa uchun bevosita foyda yuzaga kelmasa, hakam raqib jamoa foydasiga noaniq erkin zarba belgilashi kerak bo‘ladi. O‘yin tugagandan keyingi penaltilar seriyasida esa, bunday holatdagi penalti bajarilmagan zarba sifatida qayd etiladi.

Mazkur qoida o‘zgarishi o‘tgan mavsumdagi keng muhokamalarga sabab bo‘lgan vaziyat ortidan yuzaga kelgan. Gap Chempionlar Ligasi 1/8 final bosqichidagi Madridning "Atletiko" va "Real" jamoalari o‘rtasidagi bahs (1:0, penaltilar seriyasida 2:4) haqida ketmoqda. Penaltilar seriyasida "Atletiko" hujumchisi Xulian Alvares gol urgan edi, biroq hakam zarbani bekor qildi, chunki futbolchi zarba berayotganda to‘pga ikki marta tegib yuborgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!