
Futzal. O‘zbekiston bugun chorak final uchun jang qiladi
Bugun Litvada futzal bo‘yicha jahon chempionati pley-off bosqichi o‘yinlari davom ettiriladi.
Bahodir Ahmedov qo‘l ostidagi O‘zbekiston terma jamoasi nimchorak finalda Eron termasiga qarshi bahs olib boradi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan 19:30da o‘tkaziladi. Bahs "Sport" kanali orqali jonli efirda uzatiladi.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston futzal terma jamoasi tarixda ilk bor ushbu bosqichda ishtirok etmoqda. Yigitlarimizga bugungi muhim o‘yinda omad tilaymiz.
Fikrlar