
Futzal. O‘zbekiston joy olgan guruhda vaziyat qanday?
O‘zbekistonda bo‘lib o‘tayotgan futzal bo‘yicha jahon chempionatida ertadan 2-tur uchrashuvlariga start beriladi.
Ilk turda Niderlandiya bilan bahsda irodali tarzda 3:3 hisobidagi durang natija qayd etgan hamyurtlarimiz keyingi turda guruh peshqadami hisoblanmish Paragvay bilan kuch sinashadi. Ular ilk turda Kosta-Rikani 5:2 hisobida taslim etgandi.
Quyida 2-tur oldidan guruhdagi holat bilan tanishib chiqishingiz mumkin.
Fikrlar