Futzal. O‘zbekiston terma jamoasining o‘yini boshqa kunga belgilandi

  • 10 avgust, 2024, 16:31
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Mini-futbol
BEPUL PROPAN

O‘zbekiston futzal milliy terma jamoasi ertaga, 11 avgust kuni Portugaliyada mamlakatimiz mezbonlik qiladigan futzal bo‘yicha Jahon chempionati ishtirokchisi – Angola terma jamoasiga qarshi maydonga tushishi kerak edi.

Biroq, viza bilan bog‘liq muammolar tufayli Angola terma jamoasi delegatsiyasi Santarem shahriga o‘z vaqtida etib kela olmadi. Shu sababli tomonlar kelishuviga muvofiq, uchrashuv 13 avgust kuni o‘tkazilishi belgilandi.

Ma’lumot uchun, jamoamiz 13, 15 avgust kunlari Angola, 16 avgust kuni esa Portugaliyaga qarshi bahs olib boradi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!