Garay "Valensiya"dan ketdi!
Argentinalik himoyachi Esekel Garay "Valensiya"dan ketganini e’lon qildi.
“Barchadan minnatdorman. Bu erda o‘tkazgan baxtli onlarimni hech qachon unutmayman”, - deb yozadi 33 yoshli futbolchi instagramdagi sahifasida.
Garay “Valensiya” safida 2016 yildan buyon to‘p surib kelayotgan edi. U bungacha "Nyuellz Old Boyz", "Rasing", "Real", "Benfika" va "Zenit" klublarida o‘ynagan. Argentina terma jamoasi safida esa 32 ta o‘yinda maydonga tushgan.

Fikrlar