
Gavi: "Men uchun eng baxtli kun"
"Barselona" yarim himoyachisi Gavi klub bilan yangi shartnoma imzolaganidan so‘ng fikrlarini bildirdi. 20 yoshli futbolchi "ko‘k-anorranglilar" bilan 2030 yilning o‘rtalariga qadar shartnoma imzoladi.
"Barsa"da o‘ynashda davom etayotganimdan juda xursandman va bu erda yana ko‘p yillar o‘tkazishga umid qilaman. "Bu men uchun eng baxtli kun", - deya yosh ispaniyalik futbolchining so‘zlarini keltiradi "Managing Barca" nashri.
Ma’lumot uchun, Gavi Kataloniya grandining asosiy jamoasida 131 ta o‘yin o‘tkazib, 9 ta gol urgan va 17 ta golli uzatmani amalga oshirgan. Yakshanba kuni "Barselona" La Liganing 22-turi doirasida o‘z maydonida "Alaves"ga qarshi bahs olib boradi.
Fikrlar