Germaniya terma jamoasini men boshqaraman
Germaniya terma jamoasini yaqin vaqtlarda Yurgen Klopp boshqarishi rasman tasdiqlandi. Mashhur mutaxassis o‘z bayonotida milliy jamoa bosh murabbiyi lavozimini qabul qilishga rozi bo‘lganini ma’lum qildi.
- Bu haqida rasman e’lon qilish payti ancha yaqinlashdi. Ideal holatda, bu yaqin bir necha kun ichida bo‘lishi kerak, — deya Kloppning so‘zlarini ijtimoiy tarmoqlarda jurnalist Fabrizio Romano keltiradi.
Avvalroq ommaviy axborot vositalarida Klopp kelasi hafta Germaniya futbol ittifoqi bilan shartnoma imzolashi kutilayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi. Endi bu ma’lumot amalda tasdiqlana boshlandi.
Yurgen Klopp 2015–2024 yillar oralig‘ida «Liverpul» jamoasini boshqarib, klub tarixida eng muvaffaqiyatli murabbiylardan biriga aylandi. Uning qo‘l ostida jamoa Angliya chempionligi, Yevropa chempionlar ligasi va qator nufuzli sovrinlarni qo‘lga kiritdi.
2025 yil boshidan esa Klopp futboldagi «Red Bull» tizimida ish boshlagan edi.
Germaniya terma jamoasi jahon chempionatida omadsiz ishtirok etdi. Bundestim musobaqani 1/16 finaldayoq tark etdi. Muvaffaqiyatsiz ishtirokdan so‘ng Yulian Nagelsmann bilan hamkorlik to‘xtatildi va milliy jamoa bosh murabbiyi lavozimi bo‘sh qolgan edi.

Fikrlar