Gimaraes asl maqsadini aytdi

  • 18.08.2026 14:21
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Londonning «Arsenal» jamoasiga yangi qo‘shilgan Bruno Gimaraes klubning kelajakdagi maqsadlari haqida fikr bildirdi. Braziliyalik yarimhimoyachi shu oy boshida «Nyukasl» tarkibidan «kanonirlar» safiga 87,5 million yevro evaziga o‘tgan edi.

«Bizda juda kuchli tarkib, ajoyib futbolchilar bor. O‘ylaymanki, bizning asosiy vazifamiz – barcha frontlarda kurashish. Biz aynan shu narsaga intilayapmiz», – deya Gimaraesning so‘zlarini 28 yoshli futbolchiga yaqin manbalarga tayanib Arsenal Radar keltiradi.

Bruno Mikel Arteta jamoasi safidagi ilk o‘yinni yaqinda bo‘lib o‘tgan Angliya Superkubogi bahsida «Manchester Siti»ga qarshi o‘tkazdi. Uchrashuv «Arsenal»ning 3:0 hisobidagi ishonchli g‘alabasi bilan yakunlandi. Gimaraes o‘yinni asosiy tarkibda boshladi, tanaffusdan so‘ng esa uning o‘rnini Deklan Rays egalladi.

Juma kuni, 21 avgust sanasida, «Arsenal» Premyer-liganing birinchi tur doirasida «Koventri» jamoasiga qarshi maydonga tushadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!