
Latofatli Mariya Top-20 dan joy olmadi
Xotin-qizlar tennis uyushmasi (WTA) 2010 yildan buyon eng ko‘p reyting ochkosini qo‘lga kiritgan, hozirgi kunda faoliyatini davom ettirayotgan 20 nafar kuchli tennisichilar jadvalini e’lon qildi.
Mazkur jadvalda Serena Uilyams 66,308 ochko jamg‘argan holda birinchi pog‘onani egallagan bo‘lsa, chexiyalik Petra Kvitova 46,385 ochko billan ikkinchi o‘rindan joy oldi. Kuchli uchlikni Simona Xalep 44,590 ochko bilan yakunladi.
Afsuski, Mariya Sharapova mazkur jadvaldan joy egallay olmadi. Biroq u faoliyatini yakunlamaganida top-20 ning 6 pog‘onasidan joy olgan bo‘lar edi.
Quyida 2010 yildan buyon eng ko‘p reyting ochkosini jamg‘argan tennischilar bilan tanishasiz:
1. S.Uilyams (AQSh) – 66,308
2. P.Kvitova (Chexiya) – 46,385
3. S.Xalep (Ruminiya) – 44,590
4. A.Kerber (Germaniya) – 41,090
5. V.Azarenko (Belarus) – 39,235
6. Kar.Plishkova (Chexiya) – 30,207
7. S.Stosur (Avstraliya) – 27,461
8. E.Svitolina (Ukraina) – 26,164
9. G.Mugurusa (Ispaniya) – 26,056
10. V.Uilyams (AQSh) – 24,641
11. S.Errani (Italiya) – 21,790
12. V.Kuznetsova (Rossiya) – 20,974
13. Suares-Navarro (Ispaniya) – 20,932
14. A.Pavlyuchenkova (Rossiya) – 20,662
15. S.Stivens (AQSh) – 19,929
16. M.Kis (AQSh) – 19,052
17. Yu.Gyorges (Germaniya) – 18,296
18. K.Bertens (Gollandiya) – 17,503
19. A.Petkovich (Germaniya) – 17,235
20. E.Barti (Avstraliya) – 16,004
Fikrlar