Grilishga superklubdan ish chiqdi
«Milan» futbol klubi «Manchester Siti» hujumchi yarim himoyachisi Jek Grilishni o‘z safiga qo‘shib olish imkoniyatini o‘rganmoqda. Bu haqida Football Insider nashri xabar berdi.
O‘tgan mavsumda Grilish ijara asosida «Everton» tarkibida o‘ynadi. Bir muddat «iriskalar» uning transfer huquqini to‘liq sotib olishni rejalashtirgan edi, ammo keyinchalik bu g‘oyadan voz kechishdi.
Manbalarga ko‘ra, agar kelishuv qiymati 10 million funt sterlingdan (taxminan 12 million yevro) past bo‘lsa, «Milan» angliyalik futbolchini olish variantni jiddiy ko‘rib chiqadi. Hozircha esa o‘yinchining o‘zi Italiya chempionatida to‘p surish g‘oyasiga qay darajada qiziqishi noma’lumligicha qolmoqda.
2025/2026 yildgi mavsumda Jek Grilish barcha musobaqalar doirasida 22 ta o‘yinda maydonga tushdi, 2 ta gol urdi va 6 ta golli pas muallifiga aylandi.

Fikrlar