Grinvudning yangi klubi ma'lum bo'ldi
«Marsel» jamoasida to‘p surib kelayotgan yarim himoyachi Meyson Grinvud yaqin kunlarda «Fenerbahche» safiga qo‘shilishi kutilmoqda. Bu haqida Turkiya nashri Fanatik xabar berdi.
Manba ma’lumotlariga ko‘ra, Grinvud Istanbul klubida yiliga 11 million yevro maosh oladi. Uning transferi «Fenerbahche»ga 45 million yevroga tushishi rejalashtirilgan. Shuningdek, shartnomada qo‘shimcha 5 million yevro miqdorida bonus to‘lovlari ham ko‘zda tutilgan, bu mablag‘ «Marsel»ga muayyan shartlar bajarilganda o‘tadi.
O‘tgan mavsumda Grinvud barcha musobaqalarni hisobga olgan holda 45 ta o‘yinda maydonga tushdi. U 26 bor raqib darvozasini ishg‘ol etdi va 11 marta jamoadoshlariga gol urishda yordam berdi. Transfermarkt portali bahosiga ko‘ra, futbolchining hozirgi bozor qiymati 55 million yevroga teng.

Fikrlar