Gvardiola asosiy raqibini ko‘rsatdi

  • 8 oktabr, 2023, 15:35
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

“Manchester Siti”ni chempion jamoaga aylantirgan Xosep Gvardiola joriy mavsumda Angliya Premer-ligasiga g‘olibligi uchun kurashda asosiy raqib qaysi jamoa ekanini aytdi.

- Oltin medal uchun kurashda kim bilan raqobatlashamiz? Shubhasiz, “Liverpul” bilan.  Qaysi jamoa sovringa da’vogarlik qilinishi aniqlash uchun dastlabki o‘nta uchrashuvni tahlil qilib chiqish kerak. Hozircha, biz o‘ntadan uchrashuv o‘tkazganimiz yo‘q. Lekin katta klublarning aksariyati har doim sovrinlarga da’vogar hisoblanadi, - dedi Xosep Gvardiola.

Xosep Gvardiola jamoasi uchun o‘tgan mavsum omadli bo‘ldi. Chempionat davomida birinchi o‘rinni egallab kelgan “Arsenal” so‘nggi turlarda peshqadamlik mavqeini “Manchester siti”ga boy berib qo‘ydi.

“Shaharliklar” mavsumni trebl bilan yakunladi. Bunaqasi klub tarixida ilgari hech qachon kuzatilmagan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!