Gvardiola: "Chelsi" — Jahon darajasidagi jamoa"

  • 05.01.2026 01:57
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol

"Manchester Siti" bosh murabbiyi Xosep Gvardiola "Chelsi"ga qarshi oʻyindan soʻng bir qator masalalar yuzasidan fikr bildirdi.

"Chelsi" — jahon darajasidagi jamoa. U yerda akademiya futbolchilari emas, eng yuqori saviyadagi oʻyinchilar toʻplangan. Shuning uchun bunday jamoaga qarshi 90 daqiqa davomida oʻyinni toʻliq nazorat qilish juda-juda qiyin".

Yanvar oyidagi transfer rejalari haqida

"Hozircha bilmayman. Hech qanday tasavvurim yoʻq. Hech qanday".

"Brayton"ga qarshi oʻyin oldidan futbolchilarning qaytishi haqida

"Hozircha bilmayman. Menimcha, yoʻq, lekin aniq ayta olmayman. Hali shifokorlar bilan gaplashmadim".

Manchester City manager Pep Guardiola gestures on the touchline during the Premier League match at the Etihad Stadium, Manchester. Picture date:...

"Chelsi"ga qarshi oʻyin haqida

"Biz 45 daqiqa emas, deyarli 90–95 daqiqa juda yaxshi oʻynadik".

Rodri haqida

"U — favqulodda futbolchi. Xotirjamligi, oʻyinni boshqarishi bilan jamoni koʻp jihatdan yaxshiroq qiladi. Endi asosiy savol shu — uch kundan keyin yana kuchli raqibga qarshi oʻyin bor. U oʻynaydimi yoki yoʻqmi? Mateo Kovachich va Niko Gonsales hozircha tayyor emas, shuning uchun vaziyatni qanday boshqarishimizni koʻramiz.

Rodri of Manchester City reacts during the Premier League match between Manchester City and Chelsea at Etihad Stadium on January 04, 2026 in...

Birinchi boʻlimni yaxshi nazorat qildik. Ikkinchi boʻlimda ikki marta toʻp yoʻqotganimiz sabab ularda ikki imkoniyat boʻldi. Ammo oxirida bizda iqtidolri futbolchilar bilan ikkiga bir, uchga ikki holatlar boʻldi, lekin yetarlicha yaqqol vaziyat yaratolmadik.

Biz barcha chiziqlarda ajoyib oʻynadik, faqat birinchi va ikkinchi boʻlimda boʻlgan ikkinchi, uchinchi yoki toʻrtinchi gollarni ura olmadik. Albatta, ikkinchi boʻlimda surʼatni yanada oshirdik.

Birinchi boʻlimda "Chelsi" ehtiyotkorroq oʻynadi, ikkinchi boʻlimda esa yoʻqotadigan narsasi qolmadi va oxirida oʻz mukofotini oldi.

Ruben Dias, Bernardo Silva and Nico O'Reilly of Manchester City confront Liam Delap of Chelsea during the Premier League match between Manchester...

Gap kutilgan gollar yoki statistika haqida emas. Hal qiluvchi zonada qanchalik samarali ekaning muhim. Ammo umumiy olganda — qanday himoyalandik, qanday yugurdik, qanday oʻynadik — bu juda yuqori daraja edi", — dedi Gvardiola.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!