
Gvardiola “Manchester Siti”dan ketadimi?
“Manchester Siti”ni Angliya Premer-ligasining eng qudratli jamoasiga aylantirgan Xosep Gvardiola klubdagi kelajagi haqida gapirdi.
- “Manchester Siti”da sakkiz yil ishlab qo‘yibman. Bu erda yana shuncha qolish niyatim yo‘q. Lekin bu hoziroq ketyapman, deganim emas. Bir klubda shuncha vaqt ishlash asrlarga tengdek tuyuladi.
Men jamoadan ketishim yoki ishimni davom ettirishim haqidagi qarorim nafaqat o‘zim, balki klub va o‘yinchilarga ham manfaatli bo‘lishiga ishonch hosl qilishim men uchun juda muhim.
Qachon ketishga qaror qilsam, bu haqda hammaga aytaman. Nima bo‘lishini ko‘ramiz. Shartnomani uzaytirish masalasini ham inkor qilmaymi. O‘zimga qolsa, jamoada bo‘lganim ma’qul, - dedi Xosep Gvardiola.
53 yoshli ispaniyalik mutaxassis 2016 yildan beri “shaharliklar” bosh murabbiylik qilib keladi. Uning amaldagi shartnomasi kelasi yoz yakunlanadi.
Fikrlar