Gvardiola zo‘r ish chiqdi
“Manchester Siti” bilan xayrlashgan ispaniyalik mutaxassis Xosep Gvardiola Italiya terma jamoasi bosh murabbiyligiga asosiy nomzod hisoblanmoqda. Bu haqida Italiyaning mashhur nashrlari xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, Italiya futbol federatsiyasi qisqa ro‘yxatiga uch nafar mutaxassis kiritilgan:
- Xosep Gvardiola;
- Roberto Manchini;
- Antonio Konte.
Biroq federatsiya rahbariyati aynan Gvardiolani eng munosib nomzod, deb hisoblamoqda.
Eslatib o‘tamiz, Italiya terma jamoasi ketma-ket uchinchi marta jahon chempionatiga chiqolmaganidan keyin mamlakat futbol rahbariyatida katta o‘zgarishlar bo‘lgan. Aprel oyida bosh murabbiy Jennaro Gattuzo iste’foga chiqqan, shuningdek Janluiji Buffon va federatsiya prezidenti Gabriele Gravina ham o‘z lavozimlarini tark etgan.
11 iyul kuni esa Italiya futboli afsonasi Paolo Maldini federatsiyaning texnik direktori etib tayinlangan.

Fikrlar