
Hakam Daniya terma jamoasi darvozasiga penalti belgilashda xatoga yo‘l qo‘ydi (FOTO)
Gollandiyalik hakam Danni Makkeli Evropa chempionati yarim finalidan o‘rin olgan Angliya – Daniya uchrashuvida (1: 2) daniyaliklar darvozasiga hal qiluvchi penaltini noto‘g‘ri belgiladi.
Angliya terma jamoasi hujumchisi Rahim Sterling qanotdan hujum boshlagan paytda, maydonda yana bir to‘p bor edi. Reglamentga ko‘ra, bunday vaziyatda hakam uchrashuvni darhol to‘xtatishi kerak edi.
Biroq, Makkeli qo‘shimcha to‘pni ko‘rmadi. Natijada Sterling jarima maydonchasiga yorib kirdi va penalti ishladi. Xarri Keyn esa uni aniq amalga oshirdi.
Endi Angliya finalda Italiya bilan o‘ynaydi. Ushbu o‘yin 11 iyul kuni bo‘lib o‘tadi.
Fikrlar