
Hali umid bor...
O‘zbekistonda bo‘lib o‘tayotgan Jahon chempionatining ikkinchi tur uchrashuvlari bo‘lib o‘tmoqda. Ushbu turda vakillarimiz Paragvayga 4:1 hisobida mag‘lub bo‘ldi. Mazkur bahsdan keyin guruhda 1 ochko bilan 4-o‘ringa joylashdik. Bizda pley-offga chiqish imkoniyati bormi, keling, buni ko‘rib chiqamiz.
Guruhda Paragvay 6 ochko bilan birinchi o‘rinda turibdi. Shuningdek, Niderlandiyaning ikki ochkosi bor. O‘zbekiston va Kosta-Rika bir ochkodan to‘plashdi. Agarda 3-turda Kosta-Rikani mag‘lub qilsak, Paragvay esa Niderlandiyani taslim qilsa, ikkinchi o‘ringa ko‘tarilib olamiz.
Agarda ikkinchi pog‘onaga chiqishni ham eplay olmasak, eng yaxshi 3-o‘rin egalari orasida pley-offga yo‘l olishimiz mumkin bo‘ladi. Ayni paytda bu borada terma jamoamiz birinchi o‘rinda bormoqda.
Ammo 3-turda ham mag‘lubiyatga uchrasak, Jahon chempionati bilan xayrlashamiz.
Fikrlar