
Hamyurtimiz Turkiyada chempion bo‘ldi
Turkiyaning Antaliya shahrida o‘tayotgan xalqaro turnirda mamlakatimizning ikkinchi raqamli tennischisi Sergey Fomin yarim finalga chiqdi.
Sergey musobaqaning final yo‘llanmasi uchun o‘tgan o‘yinda neytral tennischi Svyatoslav Gulinni 6:1, 7:6, 6:2 hisobida taslim qildi.
Endi tennischimiz so‘nggi hal qiluvchi final o‘yinida ruminiyalik Gabriel Chitu bilan raqobatlashadi.
Shuningdek, S.Fomin neytral tennischi Daniil Golubev bilan tandemda juftlik bahslarining belgiyalik Emilien Demanet hamda Jek Logni 4:6, 7:6, 10:6 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi hamda bosh sovrinni qo‘lga kiritdi.
Fikrlar