Hamyurtlarimiz "Davis cup"da ishtirok etadi

  • 10.09.2024 13:40
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Tennis

13-15 sentyabr kunlari dunyo bo‘ylab "Davis cup" turnirning Jahon chempionati 2-saralash bosqich bellashuvlari bo‘lib o‘tadi. Musobaqa doirasida O‘zbekiston terma jamoasi Estoniyaga qarshi bahs olib boradi. O‘zbekiston - Estoniya o‘rtasidagi bahs  13-14-sentabr kunlariga belgilangan. Bellashuvlar "Yunusobod sport majmuasida bo‘lib o‘tadi.

Unda yurtimiz sharafini  Humoyun Sultonov, Sergey Fomin kabi tajribali tennischilardan tashqari yosh raketkachilar Maksim Shin, Rahimbek Ibrohimov,Amir  Milushev himoya qiladi.

Eslatib o‘tamiz, juftlik g‘olibi 2025 yilgi "Devis cup" pley-off bosqichida ishtirok etadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!