
Havaskor para voleybolchilar rag‘batlantirildi
Yurtimizda jismoniy imkoniyati cheklangan va nogironligi bo‘lgan shaxslar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, ularni Paralimpiya sport turlariga yanada kengroq jalb qilish borasida faol ishlar olib borilmoqda.
Bu borada sport ta’lim muassasalarida ular uchun barcha sharoitlar yaratilib, hoxish va istaklari asosida yangi para sport sektsiyalari tashkil etilmoqda.
Bugun Toshkent shahrida para voleybol bilan shug‘ullanib kelayotgan bir guruh havaskor sportchilar O‘zbekiston Milliy paralimpiya qo‘mitasi tomonidan rag‘batlantirildi.
Fikrlar