
"Hech kim Mbappedek bo‘lolmaydi!"
Frantsiya terma jamoasi hamda "Arsenal", "Manchester Siti" va "Marsel" klublarining sobiq yarim himoyachisi Samir Nasrining fikricha, Kilian Mbappe "Real"ga ketmasligi kerak.
“Agar u ketsa, PSJning tarkibi kuchsizlanadi. Ammo klubning byudjeti borligini inobatga olsak, parijliklar uning o‘rniga boshqa futbolchilarni taklif qilishlari mumkin. Lekin ular Mbappe bo‘lolmaydi, bu aniq. Bugungi kunda Kilian klub va terma jamoa uchun juda muhim shaxs. Ikki yil oldin men uni dunyoning eng yaxshi futbolchisi deb bilishimni aytgandim. Men hali ham shunday deb o‘ylayman. U Parijdan. Agar men uning o‘rnida bo‘lsam, "Real"ning Chempionlar ligasida 50-marta g‘alaba qozonishiga yordam berish uchun Madridga bormasdan, PSJda qolgan bo‘lardim. Agar men “Marsel”da o‘ynagan paytimda klub Qatarga tegishli bo‘lganida, men hech qachon boshqa joyga ketmagan bo‘lardim. O‘z qishlog‘ingizning qiroli bo‘lganingiz ma’qul, deb o‘ylayman”, — dedi Nasri Le Figaro nashriga bergan intervyusida.
Joriy mavsumda 24 yoshli Mbappe PSJ safida Frantsiya chempionatida 10ta o‘yinda maydonga tushib, 10ta gol urdi va 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Fikrlar