
Hujumchi o‘limdan qutilib qoldi
Angliya Premer-ligasining avvalgi turida “Nottingem Forest” hujumchisi Tayvo Avoniyi “Lester Siti” bilan bo‘lgan o‘yinda darvoza ustuniga urilishi oqibatida og‘ir jarohat olgan edi.
Futbolchi bu voqeadan keyin qorin qismidan zudlik bilan operatsiya qilindi. Hayoti xavf ostida qolayotgani uchun Tayvo shifokorlar nazoratida sun’iy komaga tushirildi.
Bir sutkadan ko‘proq xushsiz qolgan bemor nihoyat komadan chiqdi.
Daily Mail nashrining ma’lum qilishicha, Tayvo Avoniyi ayni paytda shifoxonada qolmoqda. Oila a’zolari uning yonida. Bemorning ahvoli yaxshilana boshlagan va uning hayotiga endi hech narsa xavf solayotgani yo‘q.
Shunga qaramay, nigeriyalik hujumchining qachon maydonga qaytishi yoki futbolchilik faoliyatini to‘xtatishi haqida hozircha hech qanday ma’lumot berilmadi.
Fikrlar