
"Humo" bosh murabbiyi karantinni qaerda o‘tkazmoqda?
Toshkentning "Humo" xokkey klubi bosh murabbiyi Evgeniy Popixin koronavirus pandemiyasi vaqtida karantinni qishloqda o‘tkazayotganligini aytib o‘tdi.
"Podmoskoveda, qishloqda yashayapman. Qizim, turmush o‘rtog‘im, nabiralarim, qaynonam - barcha shu erda. O‘zimizni yakkalaganmiz. Hozirgi vaziyatni juda yaxshi tushinib turibmiz va bu borada barcha talablarni bajarmoqdamiz. Biroz kutish va yaxshi bo‘lishiga umid qilish kerak.
Klub shifokori, tibbiyot sohasidagi yaqinlarim vaziyat jiddiy ekanligini ta’kidlashdi. Qolaversa, nabiralarimning biri endi bir yoshda bo‘lsa, ikkinchisi 5 ga to‘ldi. Shu bois, jiddiy e’tibor berdik. Bu borada bizda harbiy intizom mavjud. Turmush o‘rtog‘im barchasini nazorat qiladi, qizim ham. Moskvada bunga ko‘pchilik engil qaramoqda, ammo raqamlarga qarasak, bu juda jiddiy masala. Bu epidemiya juda tez tarqaladi va hayot uchun xavflidir. Afsuski, buni hamma ham tushunmayapti", - dedi Popixin.
Fikrlar