
"Humo"dan ajoyib rekord
Toshkentning "Humo" jamoasi bugun muntazam chempionat doirasidagi so‘nggi uy uchrashuvlari seriyasini boshladi. Sankt-Peterburg"ning "Dinamo" klubiga qarshi kechgan bellashuvda mehmonlar 5:2 hisobidagi yirik g‘alabani qo‘lga kiritdi.
E’tiborlisi, mazkur bahsni bevosita "Humo-Arena"da kuzatish uchun 6844 nafar tomoshabin tashrif buyurdi va bu "qanotlilar" uchun joriy mavsumdagi rekord natija bo‘ldi.
Bundan oldingi rekord "Lada"ga qarshi o‘yinda qayd etilgan edi. O‘shanda 6530 tomoshabin "Humo-Arena"da toshkentliklarning 2:4 hisobidagi mag‘lubiyatiga guvoh bo‘lgan edi.
Fikrlar