Humoyun Sultonov Qarshida raqibini kutmoqda

  • 9 oktabr, 2019, 10:03
  • 0
  • Tennis
CHERY AUTO
Qarshi shahrida tennis bo‘yicha “Fyuchers” turkumiga kiruvchi turnirda tennischilarimizning ilk davradagi raqiblari aniqlandi.
 
Sovrin jamg‘armasi 15 ming AQSh dollarini tashkil qiluvchi musobaqada Sanjar Fayziev ilk davrada rossiyalik Sergey Shipilovga, Humoyun Sultonov esa belaruslik Aleksandr Liaonenkoga, Sergey Fomin esa rossiyalik Egor Noskinga qarshi kortga chiqadi.
 
Shuningdek, ilk bosqichda yosh tennischilarimizda Olimjon Nabiev ukrainalik Oleg Xotkov, Ibrohimjon O‘rinov rossiyalik Vladislav Sveridenko, Saida’lo Saidkarimov yana bir rus tennischisi Roman Bloxin,  Mark Tryakshin qozog‘istonlik Beybit Jukaev, Grigoriy Korobeynikov esa belaruslik Martin Borisyukka bilan raqobatlashadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!