IBF sentyabr oyi reytingini e’lon qildi

  • 7 oktabr, 2019, 22:45
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • Boks
CHERY AUTO

 Xalqaro boks federatsiyasi (IBF) sentyabr oyi uchun yangi reytingini e’lon qildi.

Tecno

Yangilangan reytingga ko‘ra, yarim o‘rta ya’ni -66,68 kg vazn toifasida o‘z janglarini o‘tkazadigan hamyurtimiz Qudratillo Abduqahhorov (16-0, 9 KO) vazn toifasida rasman birinchi raqam sifatida e’tirof etildi.

-63,5 kg vaznda esa yana bir yurtdoshimiz Shohjahon Ergashev (17-0, 15 KO) avvalgi oydagi  6-o‘rnini saqlab qoldi.Ushbu vazn toifasidagi yana bir bokschimiz Shahram G‘iyosov (9-0, 7 KO) ham o‘tgan oydagi kabi 15-o‘rinda qayd etildi.

IBF reytingidan boshqa yurtdoshlarimiz hozircha o‘rin olmagan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!