
Ikardi "Inter"dan ketishi lozim
Italiyaning "Inter" klubi muxlislari hujumchi Mauro Ikardi jamoa safini tark etishini so‘rab murojaat qilishdi. Argentinalik forvard sardorlik bog‘ichidan mahrum etilganidan so‘ng uzoq muddat maydonga qaytmadi.
Bu borada "neradzurrilar" ustozi Luchano Spaletti ham futbolchining sog‘lig‘i joyida ekanligini bilishini aytgan edi. Kecha esa Mauro jamoa mashg‘ulotlariga qo‘shilganligi haqida xabarlar chiqqan edi.
"Cuva Nording a’zolari bir ovozdan №9 ning xatti-harakatlariga ortiq chidab bo‘lmaydi deb topishdi. Biz uni sardorlik bog‘ichini taqib yurish uchun munosib emas deb hisoblaymiz. Shu bois biz "Inter"dan Ikardini tez orada jamoadan chetlatishini so‘raymiz. Boisi, mavsum xavf ostida", - deyiladi murojaatnomada.
Fikrlar