Ikardi xotinini ishdan haydadi
PSJdan “Galatasaroy”ga ijaraga o‘tgan argentinalik hujumchi Mauro Ikardi o‘ziga agentlik qilib kelgan rafiqasi Vanda Narani ishdan bo‘shatdi.
Tuttosport nashrining ma’lum qilishicha, Vanda Nara Mauro Ikardidan uni “Galatasaroy”ga joylagani uchun bir million evroga yaqin summani komissiya sifatida berilishini talab qilgan. Bu hujumchiga yoqmagan va u rafiqasi bilan agentlik bo‘yicha hamkorlikni to‘xtatgan.
Avvalroq, Mauro Ikardi rafiqasi bilan ajrashmoqchi ekanini aytgandi. Tomonlar hozir ajrim masalasini hal qilish bilan band.
Mauro Ikardi turk jamoasi safida uchta uchrashuv o‘tkazib, bitta gol urgandi. 29 yoshli hujumchining golsiz seriyasi 305 kunga cho‘zildi.
Fikrlar