Ikki klub katta transferni kelishdi

  • 06.08.2026 10:07
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Angliyaning «Arsenal» va «Nyukasl Yunayted» jamoalari braziliyalik yarimhimoyachi Bruno Gimaraynsni London klubiga sotib yuborish bo‘yicha kelishuvga erishdi. Bu haqida sport jurnalisti Fabrizio Romano ijtimoiy tarmoqda xabar berdi.

 -Bruno Gimarayns «Arsenal»ga o‘tadi! Uzoq muzokaralardan so‘ng «Nyukasl» bilan to‘liq kelishuvga erishildi, futbolchining shaxsiy shartlari esa yana iyul oyidayoq kelishib olingan edi. Transfer qiymati — 75 million funt (87,75 million yevro). Mikel Arteta uchun yangi yarimhimoyachi, — deya yozdi Romano.

28 yoshli Bruno Gimarayns 2025/2026 yildgi Angliya chempionati mavsumida 29 o‘yinda maydonga tushib, to‘qqizta gol urdi va beshta golli uzatma berdi. Shuningdek, u Chempionlar ligasida yettita uchrashuvda ishtirok etgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!