Ikki sportchimiz sovrindor bo‘ldi

CHERY AUTO

Ikki nafar og‘ir atletikachimiz Osiyo chempionatida sovrindor bo‘ldi 
 
Xitoyning Jiangshan shahrida o‘tayotgan og‘ir atletika bo‘yicha Osiyo chempionatida O‘zbekiston terma jamoasi navbatdagi medallariga sazovor bo‘ldi. -81 kg vazn toifasida qatnashgan hamyurtlarimiz Rigina Adashbaeva hamda Madina Fayzullaeva o‘z nomlarini sovrindorlar qatoriga qo‘shib qo‘yishdi. 
 
Jumladan, Rigina Adashbaeva dast ko‘tarishda 104 kg natija bilan bronza, hamda ikkikurashda 224 kg jamg‘argan holda 2 ta bronza medaliga sazovor bo‘ldi. 
 
Madina Fayzullaeva esa siltab ko‘tarish mashqida 121 kg toshni bo‘ysundirgan holda kuchli uchlikdan joy oldi.

Tecno

Xamidova Zeboniso

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!