
“Inter” ashaddiy raqibining yulduzlarini o‘ziga og‘diryapti
Yozgi transferlar mavsumida etakchi futbolchilarini transfer qilib, mo‘may daromad olishni rejalashtirayotgan “Inter” ularning o‘rniga “Napoli” yulduzlarini erkin agent sifatida o‘z safiga bepul qo‘shib olio‘ni rejalashtirmoqda.
Milanliklar ayni paytda markaziy himoyachi Nikola Maksimovich va hujumchi Arkadiush Milik bilan shaxsiy shartnoma shartlarini kelishib olishga urinmoqda. “Napoli”ning bu ikki futbolchisi mavsum yakunlanishi bilan erkin agentga aylanadi va kelayotgan yanvarda istagan jamoasi bilan kelishib olishi mumkin.
“Inter” rahbarlari esa, yozda hujumchilar – Lautaro Martines va Romelu Lukaku, himoyachi Milan Shkrinyarni ushlab qolishi qiyin bo‘ladi. Chunki bu futbolchilar Evropaning baquvvat klublari nishonida turibdi va yozda ularning bozori qaynashi kutilmoqda.
Fikrlar