
"Inter" Bekxemning jamoasini sudga berdi
Milanning "Inter" klubi Devid Bekxemga tegishli hisoblangan "Inter Mayami" klubini sudga berdi. Bu haqda law.com xabar tarqatmoqda.
Yuqoridagi manbaaga ko‘ra “neradzurrilar” sudning dastlabki bosqichida g‘alaba qozonishgan. Biroq, "Inter Mayami" apellyatsiya bermoqchi va shu orqali sudning qarorini o‘zgartirishga umid bog‘lamoqda. Ularning fikricha “Inter” so‘zi umumxalqaro so‘z hisoblanadi va u ko‘plab jamoalarning nomlarida bor.
Eslatib o‘tamiz, "Inter Mayami" joriy mavsumdan boshlab MLSda ishtirok etishni boshlaydi.
Fikrlar