"Inter" darvozaga O‘rinboevning jamoadoshini olib kelmoqchi

  • 18 avgust, 17:20
  • Jahongir Inomjonov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Inter" "Antverpen" darvozaboni Senne Lammens bilan darvoza chizig‘ini kuchaytirmoqchi. Bu haqda "Het Laatste Nieuws" nashri xabar bermoqda.

Manba ma’lumotlariga ko‘ra, "neradzurrilar" rahbariyati joriy yilda 37 yoshga to‘ladigan hozirgi darvozabon Yann Zommerga uzoq muddatli o‘rinbosar izlamoqda. Italiya klubi Lammens haqida ma’lumot to‘plagan.

"Antverpen" darvozabonni sotishdan kamida 20 million evro olishni xohlamoqda. Ushbu transfer oynasida belgiyalik futbolchiga "Manchester Yunayted", "Lids" va "Galatasaroy" klublari ham qiziqish bildirgan edi.

O‘tgan mavsumda Lammens "Antverpen" safida 44 ta o‘yinda maydonga tushdi va ularning 10 tasida darvozasini quruq saqladi. Transfermarkt ma’lumotlariga ko‘ra, 23 yoshli darvozabonning narxi 9 million evro.

Tecno

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!