"Inter" "ovni" boshladi

  • 20 may, 2020, 09:32
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

PSJ forvardi Edinson Kavani yana Italiya A Seriyasiga qaytishi mumkin.

Tecno

Jurnalist Janluki Di Martsioning xabar berishicha, 33 yoshli urugvaylik futbolchining xizmatlariga “Inter”da qiziqish paydo bo‘lgan. “Neradzurrilar” allaqachon bu borada uning agenti bilan muzokaralarni boshlab yuborgan.

Agar “Inter” ko‘zlayotgan asosiy hujumchi – Dris Mertens “Napoli” bilan shartnomasini uzaytirsa, u holda aynan bor e’tibor Kavaniga qaratiladi.

Aytish kerakki, Edinsonning parijliklar bilan amaldagi shartnomasi yozda o‘z nihoyasiga etadi va u yangi jamoasiga erkin agent sifatida borib qo‘shiladi. U joriy mavsum Frantsiya chempionatida 14 ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 4 ta gol hamda 2 ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!