"Inter" Yangni o‘zida saqlab qolmoqchi

  • 18.03.2020 02:11
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

"Inter" klubi rahbariyati jamoa himoyachisi Eshli Yang bilan amaldagi shartnomani uzaytirmoqchi.

La Gazzetta dello Sport nashri tarqatgan xabarga ko‘ra "neradzurrilar" 34 yoshli angliyalik futbolchiga bir yillik shartnoma taklif qilishmoqchi. Tomonlar o‘rtasidagi muzokaralar yakuniy bosqichga chiqqan.

Eslatib o‘tamiz, “Inter” Yangni yanvar oyida o‘z safiga qo‘shib olgan edi. U hozircha 7 ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 1 ta gol hamda 1 ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!