
Islom Maxachev Dana Uaytga muammo tug‘dirmoqda
Xabaringiz bor, 7 dekabr kuni bo‘lajak "UFC 311" turniriga bag‘ishlangan matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi. Biroq u erda Islom Maxachev va Neyt Dias o‘rtasida ozgina mojaro yuzaga keldi. Mazkur voqealikdan so‘ng engil vaznda amaldagi chempion ushbu ziddiyatga Dana Uaytning qanday munosabatda bo‘lganini aytdi.
"Men Dana bilan o‘tirgan edim, u:" Siz muammo tug‘diryapsiz ", dedi. Javob qildim: "Dana, bu mening aybim emas!" — deya Maxachevning so‘zlarini keltirdi "Give me Sport" nashri.
Eslatib o‘tamiz, Islom Maxachev 18 yanvar kuni "UFC 311" turnirida Arman Tsarukyanga qarshi o‘z kamarini himoya qiladi.
Fikrlar