
Islom Maxachev: "Dyu Plessini muddatidan oldin enga olmayman"
Islom Maxachev o‘rta vazn toifasida jang qilish imkoniyatini qo‘ldan boy bermoqchi emas.
"Bo‘yim va jismoniy holatim buni amalga oshirishga imkon beradi. Faqat mutaxassislar bilan ishlashim va kerakli mushak massasini yig‘ishim zarur. Fikrimcha, Dyu Plessini muddatidan oldin enga olmayman. Biroq uning janglari va uslubiga qarab, Drikusni mag‘lub etish uchun "kalitlar" menda bor deb o‘ylayman" - dedi rossiyalik "Ushatayka" kanaliga bergan intervyusida.
Eslatib o‘tamiz, Maxachev oxirgi jangida Renato Moykanoni 1-raunddayoq sabmishn evaziga mag‘lub etgandi.
Fikrlar