
Islom Maxachev: "Menga ikkinchi kamar kerak"
Engil vazn toifasida (70 kg) amaldagi UFC chempioni Islom Maxachev bo‘lajak raqibi Arman Tsarukyan ustidan g‘alaba qozongach o‘rta vazn toifasidagi (77 kg) chempionlik kamari uchun jang qilmoqchiligini aytdi.
"Agar men Armanni mag‘lub etsam, revanshga rozi bo‘lmayman. Buning o‘rniga ikkinchi kamar uchun harakat qilaman. Yarim o‘rta vazn toifasida Belal Muhammad kabi yaxshi jangchilar ko‘p. Ko‘ramiz, voqealar rivoji qanday kechar ekan!" – deya Maxachevning so‘zlarini keltirdi UFC matbuot xizmati.
Eslatib o‘tamiz, Maxachev (26-1) va Tsarukyan (22-3) to‘qnashuvi 19 yanvar kuni "UFC 311" turnirida o‘tkaziladi.
Fikrlar