Islom Maxachevning keyingi jangi qachon?
UFC shon-shuhrat zali a’zosi Xabib Nurmagomedov yarim o‘rta vazn chempioni Islom Maxachevning navbatdagi jangi qachon bo‘lishini aytdi.
“Ramazongacha uch oy qoldi. Menimcha, Maxachev shundan so‘ng oktagonga qaytadi. Agar Ramazondan oldin jang qilmoqchi bo‘lsa, hozirdan tayyorlanishi kerak. Bu esa biroz qiyin", - dedi MMA afsonasi "Hasp Show" ga bergan intervyusida.
Ma’lumot uchun, hozirgacha Islom Maxachev UFC da 16 marta ketma-ket g‘alabaga qozongan.
Fikrlar