Ispan klubi mundial ishtirokchisini olyapti

  • 21.08.2026 11:40
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Ispaniyaning «Vilyarreal» klubi Belgiya ning «Anderlext» jamoasi yarim himoyachisi Natana-Dilan Saliba uchun 15 million yevro taklif etdi.

Jurnalist Sasha Tavolieri ma'lumotiga ko‘ra, ushbu transfer amalga oshish ehtimoli yuqori baholanmoqda. «Sariq suv osti kemasi» 22 yoshli Kanada terma jamoasi a'zosini yozgi transfer oynasi yopilishi arafasida yarim himoyani kuchaytirish varianti sifatida ko‘rib chiqmoqda.

Saliba «Anderlext» safiga 2025 yil yozida qo‘shilgan. O‘tgan mavsumda kanadalik futbolchi belgililar tarkibida 34 o‘yin o‘tkazib, 3 ta gol urgan.

Qiziqi shundaki, «Anderlext» Yevropa Ligasi saralashi pley-off bosqichida olmatilik «Qayrat» klubining raqibi hisoblanadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!