Ispaniya - Italiya o‘zaro uchrashuvlar tarixi

  • 20 iyun, 2024, 19:58
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

 Bugun tunda "Evro-2024" turniri "B" guruhidan o‘rin olgan Ispaniya hamda Italiya terma jamoalari o‘rtasidagi o‘yin bo‘lib o‘tadi.

Biz e’tiboringizga ikki termaning o‘zaro uchrashuvlar tarixiga nazar solamiz.

Evroklassikasi deya nom olgan ushbu to‘qnashuv o‘zaro Evro, Konfederatsiyalar Kubogi, Jahon chempionati saralash bosqichlarida, Olimpiada o‘yinlari va Millatlar ligasi doirasida duch kelishgan.

1934 yilgi Italiyadagi Jahon chempionati

Ispaniya terma jamoasi saralash bosqichida Portugaliyani mag‘lub etganidan keyin Jahon chempionatida debyut qildi. Xose Iraragorri, Isidro Langara, Luis Regeyro va Rikardo Zamora kabi futbochilar bilan jamoani tashkil qilishdi. Birinchi rasmiy o‘yin Braziliyaga qarshi kechgan va unda 3:1 hisobida g‘alaba qozongan. Chorak finalda mezbonlarga qarshi o‘yinda Regeyro hisobni ochdi, tanaffusga qadar Ferrari hisobni tenglashtirdi. O‘yin durang bilan yakunlangach, ertasi kuni ikkinchi bahs o‘tkazildi va unda Juzeppe Meatstsa yakkama-yakka vaziyatdan gol urib jamoasini finalga olib chiqgan. Finalda Italiya Avstriyani mag‘lub etib Jahon chempioniga aylangan.

1920 yil Antverpen Olipiya o‘yinlari

Olimpiya o‘yinlari chorak finalida Italiya va Ispaniya terma jamoalari to‘qnash keldi va Sesumaganing dubli evaziga "qizil furiya" keyingi bosqichga yo‘l oldi. Finalda Ispaniya Niderlandiyaga qarshi bahsda 3:1 hisobida mag‘lub bo‘lib, Olimpiada kumush medallariga ega chiqdi. 

"Evro-1980", Italiya

Ispaniya va Italiya "B" guruhidan joy oldi. "Juzeppe Metstsa"dagi o‘zaro uchrashuvda hisobi ochilmagan. O‘shanda Ispaniya Angliya va Belgiyaga mag‘lub bo‘lib guruh bosqichdan o‘ta olmagandi. Italiya esa yarim finalda Belgiyaga mag‘lub bo‘ldi va uchinchi o‘rin uchun kurashda Chexoslavakiyaga penaltilar seriyasida imkoniyatni boy berib qo‘ygandi.

"Evro-1988". Germaniya

Ushbu musobaqada ham Ispaniya va Italiya bir guruhdan joy oldi. O‘zaro o‘yinda Italiya 1:0 hisobida g‘alaba qozongan. Ispaniya bu turnirda ham guruh bosqichidan o‘ta olmagan. Italiya esa yarim finalgacha etbi borgan. Final uchun bahsda Italiya SSSRga mag‘lub bo‘lgan.

Jahon chempionati-1994. AQSh

Mazkur turnirda ikki terma jamoa chorak finalda to‘qnash kelgan va unda Italiya 2:1 hisobida g‘alaba qozongan. Finalgacha etib borgan Italiya Braziliyaga imkoniyatni boy bergan va kumush medallarga ega chiqqan.

"Evro-2008". Avstriya-Shveytsariya

Ispaniya va Italiya ushbu turnirda chorak finalda to‘qnash kelgan va unda penaltilar seriyasida "qizil furiya" g‘alaba qozongan. O‘shanda Ispaniya finalgacha etib borgan va yakuniy o‘yinda Fernando Torresning goli evaziga Germaniyani mag‘lub etib musobaqa g‘olibiga aylangandi.

"Evro-2012". Ukraina-Polsha

2008 yilda Evroni, 2010 yilda Jahon chempionatida g‘alaba qozongan Ispaniya terma jamoasi 2012 yilda ham Evro musobaqasi g‘olibiga aylangan. Visente Del Boske shogirdlari finalda Italiyani 4:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratgan. Finalgacha ikki terma jamoa guruh bosqichda ham to‘qnash kelgandi va unda 1:1 hisobi qayd etilgandi.

"Konfederatsiyalar Kubogi-2013". Rio

Ispaniya va Italiya mazkur turnir yarim finalida to‘qnash kelgan va unda Del Boske shogirdlari penaltilar seriyasida g‘alaba qozongan. Ispaniya finalda Braziliyaga Neymarning xet-trigi evaziga 3:0 hisobida mag‘lub bo‘lgan.

"Evro-2016". Frantsiya

Frantsiya yashil maydonlarida o‘tkazilgan musabaqada Ispaniya va Italiya nimchorak finalda to‘qnash keldi va unda "skaudra adzaurra" 2:0 hisobida g‘alaba qozongan. O‘shanda Italiya chorak finalla Germaniyaga penaltilar seriyasida mag‘lub bo‘lib uyiga qaytgandi.

"Jahon chempionati-2018". Saralash bosqichi

Rossiya mundiali saralashida Ispaniya va Italiya "G" guruhidan joy oldi. Dastlabki o‘yinda 1:1 hisobida durang qayd etilgan bo‘lsa, javob uchrashuvida "qizil furiya" 3:0 hisobida g‘alaba qozongan.

"Evro-2020"

Ispaniya va Italiya terma jamoalari ushbu musobaqaning yarim finalida to‘qnash kelgan. Ushbu o‘yinda g‘olib penaltilar seriyasida aniqlangan va unda Italiya g‘alaba qozongan. O‘shanda Italiya finalda Angliyani penaltilar seriyasiga ko‘ra mag‘lub etib kubokga ega chiqgandi.

"Millatlar ligasi-2021"

Mazkur turnirda Italiya va Ispaniya yarim finalda to‘qnash kelgan va unda "qizil furiya" 2:1 hisobida g‘alaba qozongandi. Gollarni Italiyadan Pellegrini va Ispaniyadan Ferran Torres (dubl) kiritgan.

"Millatlar ligasi-2023"

Ushbu turnrida Ispaniya va Italiya yarim finalda to‘qgash kelgan va unda 2:1 hisobida Ispaniya g‘alaba qozongan. Immobilening goliga ispanlar Pino va Xoseluning gollari bilan javob qaytardi. Turnir yakunida Italiya uchinchi o‘rin uchun kurashda Niderlandiyani mag‘lub etgan va Ispaniya finalda Xorvatiyani penaltilar seriyasiga ko‘ra mag‘lub etib kubok egasiga aylangan.

Bugungi kenga kelib Ispaniya va Italiya "Evro-2024" turniri "B" guruhidan o‘rin olgan va ikkinchi turda o‘zaro to‘qnash keladi. Uchrashuv bugun Toshkent vaqti bilan 00:00 da start oladi. 

                                                         

 

                                                                                                                                                                                                        Akmal Eshboev tayyorladi

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!