Ispaniya Xolandni qanday qilib yopdi?

  • 16 oktabr, 2023, 12:17
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Ispaniya terma jamoasi himoyachisi Dani Karvaxal Evropa chempionati-2024 saralash bosqichi doirasida Norvegiya terma jamoasi ustidan qozonilgan g‘alaba haqida gapirdi. Mazkur bahsda "Qizil furiya" 1:0 hisobida g‘alaba qozondi.

Tecno

"Himoyada ixcham o‘ynashga harakat qildik. Erling Xolandga to‘pni bemalol qabul qilmaslikka harakat qildik. A’lo darajada harakat qilgan markaziy himoyachilarimizning o‘yinini alohida ta’kidlash kerak", - deya o‘ng qanot mudofaa vakilining so‘zlarini keltaradi "Teledeporte" nashri.

Ma’lumot uchun, kechagi g‘alaba evaziga Ispaniya terma jamoasi 2024-yilgi Evropa chempionati yo‘llanmasini kafolatladi. Saralash yakunlanishiga ikki tur qolganida Luis De la Fuente shogirdlari o‘z guruhida 15 ochko bilan peshqadamlik qilmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!