Ispanlar Italiyani "bosib" olmoqda

  • 27 avgust, 08:06
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Italiya chempionatida ispaniyalik legioner soni bo‘yicha yangi rekord qayd etildi. Yangi mavsumda A Seriyada 27 nafar ispan futbolchisi to‘p tepadigan bo‘ldi.

Tecno

A Seriyadagi eng mashhur ispaniyalik o‘yinchi Alvaro Morata hisoblanadi. Ayni paytla “Komo” sharafini himoya qilayotgan bu hujumchi ilgari “Yuventus” va “Milan” kabi grand klublarda ham o‘ynagan.

Shuningdek, faoliyatini “Latsio”da davom ettirayotgan Pedro ham Evropaning bir qator grand klublarida o‘zini ko‘rsatgan yulduzlardan.

 Marca nashrining yozishicha, Italiya futbol klublari aksariyat holatlarda ispan futbolchilarining xizmatiga katta qiziqish bildirmaydi. Ilk bor ispaniyalik charm to‘p ustalari A Seriyaga 1961 yili kelgan. Shundan beri jami 118 nafar ispan legionerlari Italiya klublarida o‘ynagani qayd etilgan.

Bugungi kunda “Komo” eng ko‘p ispan futbolchisiga ega jamoa hisoblanadi. O‘zi ispaniyalik bo‘lgan Sesk Fabregas jamoasiga Alvaro Moratadan tashqari Aleks Vale, Xakobo Ramon,  Alberto Moreno, Serxio Roberto, Xesus Rodriges, Assane Diao va Ivan Ason kabi hamyurtlarini jalb qilgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!